Qaraqalpaqstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministrligi

Sayt test rejimida ishlamoqda... DIQQAT! Saytdagi ma'lumotlar va dasturiy dizaynlar hamda NOU-HAU (know-how)lar vazirlikning intellektual mulki hisoblanadi. Har qanday ko'rinishda ruxsatsiz ko'chirib olish yoki o'zlashtirish qat'iyan man qilinadi!

VAKANSIYA 2026

VAKANSIYA - 2026
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Qoraqalpog'iston Respublika Ta'lim Markazi
|
VAKANSIYA - 2026
|
Sanlastırıw hám balalar kontentin jaratıw metodisti
Raqamlashtirish va bolalar kontentini yaratish metodisti
Vakansiya rasmi

Vakant lavozimlar bilan tanishing

☄️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida Raqamlashtirish va bolalar kontentini yaratish metodisti (2 ta shtat ish o‘rni) lavozimi uchun nomzodlar vazirlikning “kkbilimlendiriw.uz” sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin.

❗️ Malakaviy talablar:
Oliy ma’lumotga, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim (magistratura yoki ilmiy darajaga ega bo‘lishi ustunlik beradi).
-Ijtimoiy tarmoqlar uchun media-kontent yaratish tajribasiga ega bo‘lish;
-2D va 3D animatsiyalar ishlab chiqish ko‘nikmasi;
- Turli xil formatlarda videoroliklar tayyorlay olishi;
- Mobilografiya asoslarini bilish (telefon orqali sifatli videotasvirga olish);
- Grafik dizayn yo‘nalishida ishlay olish (vizual postlar, bannerlar va hokazo);
-Video montaj dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Kontent yaratishda sun’iy intellektdan samarali foydalana olishi talab etiladi.

✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi xodimlari vakant lavozimga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi va lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

✔️ Metodist lavozimiga tayinlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakunlariga asosan, tegishli tavsiyaga muvofiq Respublika ta’lim markazi direktori tomonidan amalga oshiriladi.

💬 Agar siz metodistlik lavozimiga nomzod bo‘lsangiz, vakant lavozim uchun 2026-yil 29-yanvardan 31-yanvargacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
To Top